Kundalik xaridlar va transport uchun keshbekni qanday olish mumkin?

Ipak Yuli Bank kartalari bilan xaridlar uchun keshbek oling va jamoat transportida tejang.

Keshbek bu nima?

Keshbek — bu xaridlaringiz uchun pulning bir qismini qaytarib olish imkoniyati. Siz karta orqali to‘lov qilasiz, bank esa sarflangan summaning ma'lum qismini kartangizga qaytaradi.

Oddiy qilib aytganda, odatdagi xaridlaringizni amalga oshirasiz va buning uchun qo‘shimcha foyda olasiz.


 

Ipak Yuli Bank keshbeki qanday ishlaydi?

So‘mdagi Visa kartalari egalari har qanday xarid uchun 0,5% keshbek oladilar.

Bir kunning namunasi
Kafeda 200 000 so‘mga tushlik + 1 000 so‘m
700 000 so‘mlik oziq-ovqat xaridi + 3 500 so‘m
Internet uchun 250 000 so‘m to‘lov + 1 250 so‘m


 

Yo‘l haqi uchun keshbek

Agar bir oy davomida kartangiz bo‘yicha xarajatlaringiz 500 000 so‘mdan oshsa, siz yana bir bonusga ega bo‘lasiz — jamoat transportidagi kuniga ikki marta yo‘l haqi uchun 50% keshbek.

Masalan, iyun oyida Visa Start Sum kartangiz orqali 500 000 so‘mdan ortiq xarid qilsangiz, iyul oyidan boshlab yo‘l haqi uchun keshbek ola boshlaysiz.

Kunda uch safar
Bitta safar narxi 1 700 so‘m
Keshbeksiz uch safar 5 100 so‘m
Ikki safar uchun keshbek (850 so‘mdan) − 1 700 so‘m
Keshbek bilan jami 3 400 so‘m

Shunday qilib, siz har kuni transport xarajatlarini tejashingiz mumkin — kartadan odatdagidek foydalanasiz va buning uchun keshbek olasiz.


 

Keshbek nima uchun kerak?

🛒
Kundalik xaridlar uchun pul qaytariladi
Karta orqali oziq-ovqat, tushlik, internet, taksi uchun to‘lov qilasiz — bank sarflangan mablag‘ning bir qismini bonus emas, haqiqiy pul ko‘rinishida qaytaradi.
🚌
Transport xarajatlarini tejaysiz
Oyiga 500 000 so‘m va undan ortiq xarajat qilinsa, jamoat transporti yo‘l haqi uchun ham keshbek olishingiz mumkin.
📈
Keshbek to‘planib boradi
Bir martalik keshbek katta bo‘lmasligi mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan u yig‘ilib, keyingi xaridlaringiz uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Oddiy shartlar
Keshbek olish uchun qo‘shimcha shartlarni bajarish shart emas. Odatdagidek kartangiz bilan to‘lov qilsangiz yetadi.

 

Keshbekni qanday ulash mumkin?

1
Agar sizda hali Ipak Yuli Bank'ning Visa sum kartasi bo‘lmasa, uni onlayn rasmiylashtiring
2
Ipak Yuli Mobile ilovasiga kiring
3
«Kartalar va hamyon» bo‘limiga o‘ting
4
Keshbek olmoqchi bo‘lgan kartani tanlang
5
«Keshbekni faollashtirish» tugmasini bosing — shundan so‘ng keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi

 

Keshbek qachon hisoblanadi?

Keshbek to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng darhol hisoblanmaydi. Avval operatsiya tekshiruv bosqichidan o‘tadi: bank kartada yetarli mablag‘ bo‘lganini, to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini va operatsiya bekor qilinmaganini tasdiqlaydi.

To‘lov tasdiqlangach, keshbek avtomatik ravishda hisoblanadi. Odatda bu jarayon 3–5 kun davom etadi. Agar to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lsa, keshbek albatta hisobingizga tushadi


Qaysi operatsiyalarga keshbek tushmaydi:

Kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari
Naqd pul yechib olish
Bankomatlar orqali to‘lovlar
Valyuta ayirboshlash va onlayn konversiyalar

Blog

Woman Card hamkorlaridan yozgi takliflar marafoni

Woman Card hamkorlaridan yozgi takliflar marafoni

Chamadon hali yig‘ilmagan, ammo kayfiyat allaqachon ta’tilnikidek. Yoz, sayohatlar va yangi taassurotlarga tayyorlanayotganlar uchun Woman Card hamkorlaridan maxsus takliflar
Yagona QR-kod: biznes uchun zamonaviy to‘lov yechimi

Yagona QR-kod: biznes uchun zamonaviy to‘lov yechimi

Yagona QR-kod nima uchun biznes uchun qulay vositaga aylanmoqda va u to‘lovlarni qanday tezlashtiradi
Green Generation — ESG va barqaror rivojlanish

Green Generation — ESG va barqaror rivojlanish

Ipak Yuli Bankning ekologik loyihalar, ESG yondashuvi va yangi avlod uchun barqaror kelajakni qo‘llab-quvvatlovchi tashabbusi
...