Moda — özini namoyon etiş va tanitiş imkoniyati
LiLiya Dulat® brendi asosçisi va dizayner Ipak Creators loyihasining ilk yönalişi — Faşion Edition’da ustoz sifatida iştirok etmoqda. Liliya bilan uning ijodiy yöli, yoş dizaynerlarni qöllab-quvvatlaş va yangi iste’dodlarga özini namoyon etiş imkoniyatini beriş nega muhimligi haqida suhbatlaşdik.
«Eng muhimi — yoş dizaynerning öz salohiyatini namoyon etişiga yordam beriş va bir kun kelib uning ijodiy işlari keng auditoriyaga tanitilişiga imkon yaratiş».
Orzudan öz brendigaça
Liliya Palyunina uçun moda har doim öz ğoyalarini obrazlar orqali ifodalaş vositasi bölib kelgan. 2008-yilda u özining qizlik familiyasi bilan nomlangan LiLiya Dulat® brendiga asos solgan. Liliya Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.
U ijodiy yölining ilk bosqiçlarini va aynan şu davrda öz işlarini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böliş qançalik muhimligini yaxşi eslaydi.
«Ijodiy yölim qanday boşlanganini juda yaxşi eslayman. Insonning orzusi, ğoyalari va yaratişga bölgan kuçli iştiyoqi bölsa, eng köp istaydigan narsasi — bir kun kelib uning ijodiy işlari e’tirof etlişidir», — deya eslaydi dizayner.
Zamonaviy talqindagi milliy meros
Liliyaning asosiy ilhom manbalaridan biri — Özbekistonning madaniy merosi va milliy matolari. Uning ijodida an’anaviy naqş va motivlar zamonaviy talqin kasb etadi. Köp qatlamlilik, murakkab fakturalar, kaşta tikiş, ifodali siluetlar va dadil uyğunliklar dizayner uslubining öziga xos jihatlaridir.
Dizaynerning işlari L'OFFICIEL, Harper's Bazaar, Forbes, ELLE va VOGUE Czech Republic kabi naşrlarda e’lon qilingan. 2021-yildan buyon brend Özbekistonda faol rivojlanib kelmoqda, 2023-yildan esa Visa Fashion Week Tashkent’da muntazam ravişda kolleksiyalarini namoyiş etmoqda. Liliya, şuningdek, Moda Yöli moda loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi hisoblanadi.
Hamkorlikdan ustozlik sari
Ipak Yuli Bank va LiLiya Dulat® brendini avvalgi hamkorlik ham boğlaydi. Woman Card kartasi uçun yaratilgan dizaynda brendning estetikasi va falsafasi öz aksini topgan.
2026-yilda hamkorlik Ipak Creators loyihasi doirasida davom etdi. Bankning uşbu taşabbusi yoş iste’dodlarga ijodiy va professional rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Liliya uç nafar yoş dizaynerga ustozlik qildi. Ular birgalikda Visa Fashion Week Tashkent 2026 uçun öziga xos obrazlar ustida işladilar.
Yangi iste’dodlar uçun imkoniyat yaratiş
Liliya uçun ustozlik — bu nafaqat professional bilim va tajriba ulaşiş, balki ijodiy muloqot qiliş, fikr almaşiş va dizaynerlarning yangi avlodi bilan yaqindan tanişiş imkoniyatidir.
«Ba’zan yoş dizaynerning işlarini körib, ulardan ilhomlanasan. Ularda öziga xos xarakter, dadillik va individual qaraşni körasan», — deydi u.
Liliyaning fikriça, ustozning eng muhim vazifalaridan biri — yoş muallifga öz qaraşlariga işoniş va ularni ijod orqali namoyon etişga yordam beriş.
Bunday tajriba ustozning özi uçun ham qimmatli. Yoş dizaynerlar bilan işlaş Liliyaga yangi ğoyalar va ilhom bağişlaydi.
«Men uçun bu ham juda qimmatli tajriba — bilimlarim bilan bölişiş va ularning ijodiy işlaridan ilhom oliş».
Be seen: özini namoyon etiş vaqti
Bugun LiLiya Dulat® şunçaki kiyim-keçak brendi emas. U moda orqali ifodalangan ayollik, individuallik va milliy özlikning öziga xos talqinidir.
Ipak Creators doirasida esa bu tajriba kengroq ijodiy muloqotning bir qismiga aylanib, yoş dizaynerlarga öz işlarini keng auditoriyaga taqdim etiş imkonini beradi.
Liliya Palyunina va yoş dizaynerlarning birgalikdagi ijodiy işlari bilan 2026-yil 17–18-noyabr kunlari Uzexpocentre’da bölib ötadigan Visa Fashion Week Tashkent doirasidagi Ipak Creators stendida tanişişingiz mumkin.