35 yosh
Muvaffaqiyatli faoliyat
"Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank litsenziyasi asosida ishlaydi. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan.
2013 yildan beri Bankning aksiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'ldi.
2020 yil o'rtasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi. O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha "Ipak Yo'li" banki 2021-yilning birinchi yarmida 13-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 2,03 foizni tashkil etdi.
Muvaffaqiyatli faoliyat
O‘zbekiston bo‘ylab filiallar
Mamnun mijozlar
Bank quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ish olib boradi
Moody’s: kreditga layoqatlilik reytingi, «Barqaror» prognozi
Fitch: barqarorlik reytingi, «Barqaror» prognozi
Ahbor-Reyting: kreditga layoqatlilik reytingi, «Barqaror» prognozi
Biz har kuni daromadni oshirish, mijozlar sonini ko‘paytirish va bozorda o‘z darajamizni tobora yuqori ko‘tarishga intilamiz. Shuning uchun, har bir xodim aniq, o‘lchanadigan va yuqori natija uchun ishlashi biz uchun juda muhimdir.
Biz yetakchi bo‘lishimiz kerak. Buning uchun biz atrofimizdagi hamma narsani: jarayonlar, yondashuvlar, mahsulotlar va vakolatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga tayyormiz.
Biz hamkasblarimizning, mijozlarimizning va bankning vaqtini hamda kuchini qadrlaymiz. Shu bois ishlarni o‘z vaqtida bajarishga, va’dalarni bajarishga va kelishuvlarga qat’iy rioya qilishga harakat qilamiz.
Qoidalarimiz - bizning mayog‘imiz. Ular bizga samaradorlik yo‘lidan chetga chiqmaslikka, har kuni tezroq, osonroq va yaxshiroq ishlashga yordam beradi. Shuning uchun biz ularni hurmat qilamiz va har doim ularga rioya qilishga harakat qilamiz.
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
