Kuzatuv kengashi qo‘mitalari

Auditorlik qo‘mitasi

Qo‘mita Bankning tegishli ichki nazorat tizimini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash hamda Kengashga Bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali nazorat qilish vazifasini bajarishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

 

 

Xavflarni boshqarish qo‘mitasi

Qo‘mita risklarni boshqarish va komplayens sohasida nazorat funksiyalarini amalga oshirish, jumladan, samarali integratsiyalashgan risklarni boshqarish tizimining ishlashini ta’minlash, MJ/TM/MTMQT talablariga rioya etilishini nazorat qilish, sanksiyalar va komplayens-tavakkalchiliklarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish va Bank tashkiliy tuzilmasining barcha darajalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish uchun tashkil etilgan.

 

 

Korporativ boshqaruv, tayinlash va mukofotlash qo‘mitasi

Qo‘mita Bankning xalqaro standartlar, tartibga solish talablari va uzoq muddatli strategiyasiga mos keladigan samarali korporativ boshqaruv tizimi va kadrlar siyosatini ta’minlash, shu jumladan Boshqaruv a’zolari va asosiy xodimlarni tayinlash va vorislik, iste’dodlarni boshqarish, shuningdek, korporativ va individual samaradorlik va Bank tomonidan qabul qilinadigan xavf-xatarlar darajasini hisobga olgan holda adolatli mukofotlash tizimini shakllantirish uchun tashkil etilgan.

 

 

Ekologiya va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi

Qo‘mita Kengashga ekologik va ijtimoiy masalalarni boshqarish tizimiga nisbatan nazorat vazifalarini bajarishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Qo‘mita Kengashga Bankning ekologik va ijtimoiy mas’uliyat sohasida barqaror rivojlanish bilan bog‘liq strategiyalari, tashabbuslari va amaliyotlarini nazorat qilishda yordam berish, Bankning mas’uliyatli bank amaliyoti va uzoq muddatli qiymat yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarining manfaatdor tomonlarning umidlariga mos kelishini ta’minlash uchun javobgardir.