36 yosh
Muvaffaqiyatli faoliyat
«Ipak Yöli» aksiyadorlik innovatsion tijorat banki (keyingi örinlarda — Bank) 1990-yil dekabr oyidan buyon Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 10-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning boş ofisi Toşkent şahrida joylaşgan.
2013–2023-yillarda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Bank aksiyadorlaridan biri bölgan. OTBning Bank ustav kapitalidan uluş sotib olişi uning Markaziy Osiyodagi tijorat banki aksiyadorlik kapitaliga kiritgan birinçi investitsiyasi böldi.
2020-yilda Germaniyaning rivojlanişni moliyalaştiriş instituti DEG (Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft mbH) va Triodos Investment Management kompaniyasi özi boşqaradigan Triodos Microfinance Fund fondi orqali Bank aksiyadorlik kapitaliga qariyb 25 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritdi.
Bitim doirasida investorlar qöşimça çiqarilgan aksiyalarni sotib olib, Bank ustav kapitalida teng uluşlarga ega bölişdi. Bu har ikki investorning Özbekistondagi tijorat banki aksiyadorlik kapitaliga kiritgan birinçi investitsiyasi edi.
Muvaffaqiyatli faoliyat
O‘zbekiston bo‘ylab filiallar
Mamnun mijozlar
Bank quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ish olib boradi
Moody’s: depozitlar va kreditga layoqatlilik reytinglari, «Barqaror» prognozi
Fitch: barqarorlik reytingi, «Barqaror» prognozi
Ahbor-Reyting: kreditga layoqatlilik reytingi, «Barqaror» prognozi
Ipak Yuli Bank - mijozlarga yönaltirilgan, doimiy rivojlaniş va örganiş madaniyatiga, şu jumladan yöl qöyilgan xatolarga asoslangan innovatsion taşkilotdir. Biz mijozlarning yoş avlodi uçun qulay bölgan a’lo darajadagi raqamli yeçimlarni taqdim etamiz va şu bilan birga içki jarayonlarning yuqori sifatini kafolatlaymiz.
Biz har kuni daromadlarimizni oshirib, ko‘proq mijozlarni jalb qilib, bozordagi darajamizni yana va yana ko‘tarishga intilamiz. Shuning uchun har bir xodim aniq, yuqori natija uchun ishlashi bizga muhim.
Biz lider bo‘lishimiz kerak. Buning uchun biz atrofimizdagi barcha narsani: jarayonlarni, yondashuvlarni, mahsulotlarni va ko‘nikmalarni doimiy rivojlantirishga tayyormiz.
Biz hamkasblarimizni, mijozlarimizni va umuman olganda bank vaqtini va energiyasini qadrlaymiz — shuning uchun barcha ishlarni vaqtida qilishga, bergan va’dalarimizni bajarishga va hech qachon kelishuvlarni buzmaslikka harakat qilamiz.
Bizning qoidalarimiz — biz uchun mayoq. Ular bizga samaradorlik yo‘lidan adashib ketmaslikka, har kuni tezroq, yengilroq va yaxshiroq ishlashga yordam beradi. Shuning uchun biz qoidalarni hurmat qilamiz va doimo ularga bo‘ysunishga intilamiz.
| Rahbar ismi sharifi | Egallab turgan lavozimi | Qabul kunlari | Vaqti |
| Hakimov Umidjon Abduxalikovich | Bank Boshqaruvi Raisi | Chorshanba | 15:00 – 17:00 |
| Ishoqov Forrux Akzamjanovich | Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari | Seshanba | 11:00 – 13:00 |
| Alimov Baxtiyor Muradjanovich | Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari | Chorshanba | 10:00 – 12:00 |
| Mirtursunov Davron Shavkatovich | Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari | Payshanba | 14:00 – 16:00 |
| Mahkamov Tursunboy Erkinovich | Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari | Juma | 15:00 – 17:00 |
| Saidqamolov Javxar Sanjarovich Ph.D | Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari | Dushanba | 14:00 – 16:00 |
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
