Сумовые карты
Карты в сумах — с кешбэком, онлайн оформлением и бесплатной доставкой
Savollar va javoblar
Apple Pay — bu mobil to‘lov tizimi bo‘lib, iPhone yoki Apple Watch qurilmangizni virtual hamyon sifatida ishlatish imkonini beradi. Qurilmangizni terminalga tegizish orqali xaridlar uchun tez va qulay to‘lov qilishingiz mumkin.
Apple Pay Ipak Yuli Bank tomonidan chiqarilgan barcha Visa va Mastercard kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ipak Yuli Bank kartasini iPhone, Apple Watch, Mac, iPad va Apple Vision Pro kabi Apple Pay bilan mos keluvchi Apple qurilmalariga ulash mumkin. Qurilmangizning Apple Pay bilan mosligini Apple saytida tekshirishingiz mumkin.
Ipak Yuli Mobile ilovasida «Kartalar va hamyon» bo‘limiga o‘ting va Ipak Yuli Bank kartangizni tanlang. «Apple Pay’ga qo‘shish» tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Xaridlarni tezroq amalga oshirish uchun Ipak Yuli Bank kartangizni asosiy karta sifatida belgilang.
Agar Apple Watchdan foydalansangiz, Ipak Yuli Bank kartangizni iPhone’dagi Watch ilovasi orqali soatga qo‘shishingiz mumkin.
1.Avval Ipak Yuli Bank kartangizni Apple Pay’ga qo‘shing.
2.Apple Wallet ilovasini oching, Ipak Yuli Bank kartangizni tanlang, Apple qurilmangizda to‘lovni tasdiqlang va uni kassadagi kontaktsiz to‘lov terminaliga tuting. Xarid summasi Ipak Yuli Bank kartangizdan yechiladi. To‘lov amalga oshirilgani haqida Ipak Yuli Mobile ilovasida xabar keladi.
Shuningdek, Apple Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan saytlar va ilovalarda ham xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Shart emas. To‘lovni tasdiqlash uchun Face ID, Touch ID, Optic ID yoki Apple Wallet’dagi parol-koddan foydalaniladi.
Kartani Apple Wallet ilovasidan o‘chirishingiz mumkin. Buning uchun Ipak Yuli Bank kartasini tanlang va «O‘chirish» tugmasini bosing.
Yo‘q. Apple Pay’ga faqat o‘zingizga tegishli Ipak Yuli Bank kartasini qo‘shishingiz mumkin.
Pulni qaytarish uchun xaridni amalga oshirgan do‘konga murojaat qilishingiz kerak. Sotuvchi xaridni bekor qilgandan so‘ng, mablag‘ Ipak Yuli Bank kartangizga qaytariladi. Mablag‘ qaytarilgani haqida Ipak Yuli Mobile ilovasida xabar keladi.
Ha. Ipak Yuli Bank kartasi bilan Apple Pay orqali internetga ulanmasdan ham xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Ha. Karta qayta chiqarilgandan so‘ng uni Apple Pay’ga qayta qo‘shish kerak.
Bunga quyidagi sabablardan biri bo‘lishi mumkin:
• qurilmangiz Apple Pay’ni qo‘llab-quvvatlamaydi;
• Ipak Yuli Bank kartangiz hozirda Apple Pay’ga qo‘shilgan;
• Ipak Yuli Mobile ilovasi yangilanmagan.
Apple Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar ro‘yxatini Apple saytida tekshirishingiz mumkin. Ilovani esa App Store orqali yangilashingiz mumkin.
Agar yuqoridagi sabablarning hech biri mos kelmasa, Ipak Yuli Bank bilan bog‘laning.
Buni bir necha usulda amalga oshirish mumkin:
• Apple Wallet ilovasini oching, Ipak Yuli Bank kartasini bosib turing va uni kartalar ro‘yxatining boshiga olib boring.
• Qurilma sozlamalariga kiring: Wallet va Apple Pay → Apple Pay uchun standart sozlamalar → Asosiy karta → Ipak Yuli Bank kartasi.
Eslatma: tugmalar va bo‘limlar nomi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Ha. Apple Pay orqali ushbu to‘lov usulini qo‘llab-quvvatlaydigan internet-do‘konlarda xaridlarni to‘lashingiz mumkin.
Agar Apple Pay orqali to‘lash imkoniyati bo‘lmasa, sotuvchining saytida Ipak Yuli Bank kartangiz ma’lumotlarini kiritishingiz mumkin. Karta ma’lumotlarini Ipak Yuli Mobile ilovasida quyidagi bo‘lim orqali topishingiz mumkin.
Xavfsizlik uchun, Ipak Yuli Bank kartangizning CVV/CVC kodi va boshqa maxfiy ma’lumotlarini hech kimga bermang. Karta ma’lumotlarini yozishmalarda yoki ishonchsiz saytlarda kiritmang.
Ha. Ipak Yuli Bank kartangizni iPhone, Apple Watch, Mac, iPad va Apple Vision Pro kabi mos Apple qurilmalarining har biriga Apple Pay orqali alohida qo‘shishingiz mumkin.
Konvertatsiya sotuvchi banki tomonidan operatsiya tasdiqlangan kundagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda operatsiya bir necha kun ichida tasdiqlanadi, ammo ba’zan bu jarayon ko‘proq vaqt olishi mumkin.
Siz kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan terminallar mavjud do‘konlarda, shuningdek Apple Pay orqali to‘lov qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan saytlar va ilovalarda xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.
Yo‘q. Karta amal qilish muddati tugagandan so‘ng, Apple Pay orqali xaridlar uchun to‘lov qilib bo‘lmaydi.
Kartani Ipak Yuli Mobile ilovasida yoki bank filialida qayta chiqarishingiz mumkin.
Ha. Apple Pay orqali xorijda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan terminallar mavjud do‘konlarda xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.
Ha. Apple Pay orqali Ipak Yuli Bank kartangiz bilan do‘konlarda, onlayn va ilovalarda xavfsiz va ishonchli tarzda to‘lov qilishingiz mumkin.
Har bir to‘lovni Apple qurilmasida Face ID, Touch ID, Optic ID yoki parol-kod orqali tasdiqlash kerak. Shu sababli sizning tasdiqingizsiz xarid uchun to‘lovni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Apple Pay’da karta raqami o‘rniga shifrlangan ma’lumotlar ishlatiladi. Ipak Yuli Bank kartangiz ma’lumotlari himoyalangan bo‘lib, sotuvchiga faqat to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar taqdim etiladi.
Ipak Yuli Bank kartasini Apple Pay’ga qo‘shish bepul.