Kreditni qayta moliyalashtirish (garov bilan)
Qayta moliyalashtirishdan qanday foydalanish mumkin?
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Qayta moliyalashtirish haqida
Garovli mikroqarzni qayta moliyalashtirish
Boshqa banklar rasmiylashtirilgan kreditingiz yoki mikroqarzingizni Ipak Yuli Bank’ga yanada foydaliroq shartlar asosida o‘tkazing. Garovli mikroqarzni qayta moliyalashtirish foiz stavkasini pasaytirishga va oylik yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Siz boshqa bank rasmiylashtirilgan amaldagi kredit yoki mikroqarzni qayta moliyalashtirishingiz mumkin.
Asosiy jihatlar
Qayta moliyalashtirishning tushunarli shartlari:
• Kredit summasi: 100 000 000 so‘mgacha
• Kredit muddati: 60 oygacha
• Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3 ish kunigacha
• Ta’minot:
– qayta moliyalashtirilayotgan kredit bo‘yicha taqdim etilgan mol-mulkka keyingi garov
– avtotransport vositasi
– ko‘chmas mulk
– pul mablag‘lari
– zargarlik buyumlari
• Talablar: boshqa bank kamida 6 oydan beri amal qilayotgan kredit yoki mikroqarz mavjud bo‘lishi
Asosiy afzalliklar
• Foiz stavkasining pasayishi va qulayroq oylik to‘lov
• Kredit muddatini 60 oygacha uzaytirish imkoniyati
• Aniq va tushunarli qayta moliyalashtirish jarayoni
• Yirik summalar uchun mos — 100 mln so‘mgacha
• Kreditni mustaqil yopmasdan Ipak Yuli Bank’ga oson o‘tish
Yangi shartlarga o‘tish uchun 4 qadam
1. Ariza topshiring
Eng yaqin Ipak Yuli Bank bo‘limiga murojaat qiling.
2. Hujjatlarni taqdim eting
Amaldagi kredit va ta’minot bo‘yicha ma’lumotlarni topshiring.
3. Qarorni oling
Bank arizani ko‘rib chiqadi va qayta moliyalashtirish shartlarini taklif etadi.
4. Yangi shartlar asosida to‘lovni boshlang
Biz sizning amaldagi kreditingizni yopamiz va Ipak Yuli Bank’da yangi shartnoma rasmiylashtiramiz.
Nima uchun bu foydali
• Kredit qiymatini kamaytirasiz
Stavka amaldagi kreditga nisbatan pasayadi.
• Ko‘proq moslashuvchanlikka ega bo‘lasiz
Kredit muddati 60 oygacha bo‘lishi mumkin.
• Vaqtingizni tejaysiz
Barcha jarayonlar bitta bankda amalga oshiriladi — ortiqcha harakatlarsiz.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Muhim ma’lumot
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
• Passport / ID card;
• A balance statement or official letter from another bank indicating the outstanding principal and payment details.
Qarz oluvchiga talablar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 18 yoshdan katta, boshqa bank yoki MMTda kamida 6 oy davomida amalda bo‘lgan kredit yoki mikroqarzga ega bo‘lishi kerak.
Savollar va javoblar
Kreditni qayta moliyalashtirish nima? Bu boshqa bank yoki MMTdagi qimmat mikroqarz yoki kreditni to‘liq yopish uchun Ipak Yuli Bank’da yangi kredit rasmiylashtirishdir. Kredit yanada qulay shartlarda taqdim etiladi.
Qayta moliyalashtirish bo‘yicha foiz stavkasi sizning amaldagi kreditingiz stavkasidan 5% ga kamaytiriladi, biroq bank tomonidan belgilangan eng kam stavkalardan past bo‘lishi mumkin emas:
• 12 oygacha — 25% yillikdan
• 13 oydan 36 oygacha — 26,5% yillikdan
• 37 oydan 60 oygacha — 27,9% yillikdan
Yakuniy foiz stavkasi kredit muddati va amaldagi kredit shartlariga qarab individual tarzda belgilanadi.
Ha, garov talab qilinadi. Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
• Qayta moliyalashtirilayotgan kredit bo‘yicha taqdim etilgan mol-mulkka keyingi garov
• Avtotransport vositasi
• Ko‘chmas mulk
• Pul mablag‘lari
• Zargarlik buyumlari
Ha, shartnoma shartlariga muvofiq.
Yo‘q, ammo stavka mijozning amaldagi stavkasidan 5% ga kamaytiriladi, ammo yillik 26% dan past bo‘lishi mumkin emas.
Ha, agar ularning umumiy summasi 100 mln so‘mgacha bo‘lsa va qarz tuzilmasi bunga imkon bersa (zarurat bo‘lsa, kreditlarni birlashtirish mumkin).
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit