Ipoteka haqida batafsil
Kredit kalkulyatori
| Sana | Oylik to'lov | Qarz qoldig'i | Foizlar | Asosiy qarz |
|---|
Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.
*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.
Onlayn kredit arizasi
5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring
Foiz stavkalari haqida batafsil
| Muddat | Boshlang'ich to'lov | Foiz stavkasi | Ta'minot |
| Rasmiy daromad bilan | Birlamchi va ikkilamchi bozorda sotib olingan mulk | ||
| 84 oygacha | 20% dan boshlab | 22,9% | |
| 40% dan boshlab | 21,9% | ||
| 120 oygacha | 20% dan boshlab | 23,9% | |
| Norasmiy daromad bilan | |||
| 84 oygacha | 25% dan boshlab | 23,9% | |
| 120 oygacha | 24,9% | ||
Savollar va javoblar
Ipoteka — bu birlamchi yoki ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olish uchun beriladigan kredit bo‘lib, uy-joy qiymatining kamida 25% miqdorida boshlang‘ich badal kiritilishi shart.
Kreditning maksimal summasi — 1 500 000 000 so‘mgacha.
Kredit muddati — 10 yilgacha (120 oy).
Yillik foiz stavkasi — 21,9% dan boshlab. Aniq stavka kredit muddati va tanlangan to‘lov jadvaliga bog‘liq.
Ta’minot sifatida sotib olinayotgan ko‘chmas mulk qabul qilinadi. Ob’ekt xatlangan yoki uchinchi shaxslar foydasiga garovda bo‘lmasligi kerak.
Qo‘shimcha xarajatlar nazarda tutilmagan. Faqat qonunchilikda belgilangan standart notarial va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bo‘lishi mumkin.
To‘lovlar har oy amalga oshiriladi. Qaytarish usuli — annuitet yoki differensial (mijoz tanloviga ko‘ra).
Kredit arizasi ko‘rib chiqish muddati — 5 bank ish kunigacha.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.
Boshqa kreditlar
Chevrolet uchun avtokredit
Volkswagen uchun avtokredit