Woman Card bilan O‘qituvchi va murabbiylar kuniga sovg‘alar — 25% gacha chegirma
Ipak Yuli Bank va Texnomart maxsus sovg‘alar to‘plamini tayyorladi: 15-sentabrdan 1-oktabrgacha Woman Card egalari aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlarni 5% dan 25% gacha chegirma bilan xarid qilishlari mumkin
Woman Card bilan O‘qituvchi va murabbiylar kuniga sovg‘alar — 25% gacha chegirma

Sovg‘a variantlari

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ipak Yuli Bank Texnomart bilan birgalikda Woman Card egalari uchun maxsus taklif tayyorladi. 2026-yil 15-sentabrdan 1-oktabrgacha Texnomart’ning aksiyada ishtirok etuvchi ayrim mahsulotlarini 5% dan 25% gacha chegirma bilan xarid qilish mumkin. Chegirma miqdori tanlangan mahsulotga bog‘liq.

 

To‘plamga turli budjetga mos sovg‘a g‘oyalari kiritilgan:
• smartfonlar va noutbuklar;
• Yandex Stations;
• qahva mashinalari va qahva qaynatgichlar;
• aerogrillar, grillar va mikroto‘lqinli pechlar
• blenderlar va mikserlar;
• go‘sht maydalagichlar va sharbat chiqargichlar;
• tosterlar va elektr choynaklar;
shaxsiy parvarish uchun texnika;
• va boshqa mahsulotlar.

 

Masalan, ayrim qahva mashinalari, aerogrillar, blenderlar va sharbat chiqargichlarga 25%, qo‘l mikseriga 20%, ayrim go‘sht maydalagichlar va tosterlarga 15% gacha, smartfonlarga esa 14% gacha chegirma amal qiladi.

 

Shaxsiy promokod barcha Woman Card egalariga Ipak Yuli Mobile ilovasida yuboriladi. «Bildirishnomalar» bo‘limini tekshiring.


Chegirma faqat aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlarga amal qiladi. Agar Texnomart tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, chegirma boshqa chegirmalar, promokodlar, maxsus narxlar va Texnomart’ning boshqa aksiyalari bilan birga qo‘llanilmaydi. Mahsulotlar soni cheklangan, xarid qilish imkoniyati esa ularning mavjudligiga bog‘liq.

 

Mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati, chegirma miqdorlari va ishtirok etish shartlari aksiyaning Ommaviy ofertasida keltirilgan.

Chegirmani qanday olish mumkin

1
Maxsus to‘plamdan mos sovg‘ani tanlang
2
Xarid vaqtida tegishli shaxsiy promokodni taqdim eting
3
Woman Card bilan to‘lov qiling