11 мая 2021 г.

«Islom Oyna»sini joriy etish doirasida Ipak Yo‘li banki Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazdi.

«Islom Oyna»sini joriy etish doirasida Ipak Yo‘li banki Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazdi. 

Joriy yilning 8 mayida Bank bosh ofisida kichik va o‘rta biznes vakillari uchun islomiy moliyalashtirishga oid axborot seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Bank tomonidan «Islom Oynasi»ni joriy etish, shuningdek, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan hamkorlik doirasida tashkil etildi. 

Seminar davomida XSRIK yetakchi mutaxassisi - Muzaffar Nizomidinov ishtirokchilarni islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bank mahsulotlari, islom moliya institutlari faoliyatini tashkil etish, islomiy bankingning an'anaviydan farqlari, shuningdek, islomiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish istiqbollari bilan tanishtirdi.

Bunday tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekiston aholisi orasida talab tobora ortayotgan Shariat tamoyillariga asoslangan moliyalashtirishdan mamlakat biznes doiralarining xabardorligini oshirish imkonini beradi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner