21 апреля 2021 г.
«Ipak Yo'li» banki korporativ mijozlar uchun yangi imkoniyat yaratdi
«Ipak Yo‘li» banki mijozlarga to‘lovlar bilan ishlash vaqtini ikki barobar qisqartirishga imkon beradigan “Dibank” xizmatiga ulandi.
Jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish bank muhitida faol sur'at kasb etmoqda va raqobatbardosh ustunlik mijozlarga taqdim etilayotgan qulaylik darajasi bilan belgilanmoqda. «Ipak Yuli» banki “Dibank” xizmati bilan integratsiya loyihasini amalga oshirdi, bu bank mijozlariga to‘lovlar bilan ishlashni ikki barobar kamaytirish imkonini beradi.
Endi Dibank xizmati yordamida 1S yoki Didox da yaratilgan chiquvchi to‘lov hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka boradi. Kirim to‘lovlar va hisobvaraqlarni hisobdan chiqarish esa buxgalteriya tizimida avtomatik ravishda «joylashtirilishi» mumkin.
«Venkon» rahbari, Asqar Ismoilov:
"Buxgalteriya hisobini yuritish uchun, Internet-bank tizimidagi barcha operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir qatorda, buxgalteriya tizimida ularni «qo‘lda» takrorlash kerak. Shunday qilib, siz juda ko‘p vaqt sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslikni va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etishni taklif etamiz”.
Hozirda “Dibank” xizmati «1S» ga ulanish uchun bepul. Rasmiy veb-sayt orqali «Dibank» xizmati haqida batafsil ma'lumot olishingiz va bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
