27 февраля 2023 г.

“Ipak Yo‘li” Bankining 2022-yildagi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik doirasidagi faoliyati yakunlari

“Ipak Yo‘li” Banki ilg‘or xalqaro bank tajribasini joriy etish va O‘zbekistonda xususiy sektor uchun mahsulotlar qatorini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlar va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va yo‘lga qo‘yishda davom etmoqda.

2022 yil davomida Bank qiymati qariyb 151 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdordagi kredit liniyalarini quyidagi moliyaviy institutlardan jalb qildi:

·         Niderlandiyaning “FMO” tadbirkorlikni rivojlantirish bankidan O‘zbekistonda xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish uchun;

·         Shveytsariyaning “BlueOrchard” investitsiyaviy fondidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun;

·         Xalqaro moliya korporatsiyasidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun;

·         Shveytsariyaning “Symbiotics SA” investitsiyaviy fondidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun;

·         Germaninyaning “Invest in Vision” investitsiyaviy fondidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun;

·         Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga oid yashil loyihalarni uchun;

·         Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan tadbirkor ayollarni qullab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi;

·         Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasidan (ITFC) – xususiy sektorni moliyalashtirish uchun.

Shu bilan birga joriy yildagi muhim voqealardan biri joriy aksiyonerlarimiz hisoblangan Germaniyaning “DEG” moliyaviy instituti, Niderlnadiyaning “Triodos Investment Management” investisiyaviy fondi va “Rent Agro” MChJ tomonidan kiritilgan qo‘shimcha sarmoyalar hisobiga Bank kapitalining ko‘payishi bo‘ldi. Jami sarmoyalar hajmi 154 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu mablag‘lar Bankning kredit portfelini oshirish va O‘zbekiston bozoridagi ulushini oshirish imkonini berdi.

Bank bugungi kunga qadar 20 dan ortiq xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va o‘z mijozlariga zamonaviy bank xizmatlarini yanada kengroq ko‘rsatish maqsadida xalqaro hamkorlikni faol ravishda kengaytirmoqda.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner