04 ноября 2020 г.

«Ipak Yo‘li» banki oltin quymalarini sotishni boshladi

Aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallarning muomalasini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari orqali o‘lchovli oltin quymalarini sotishni boshladi.

«Ipak Yo‘li» bankida quymalarni Toshkentdagi «Mirobod» filialida sotib olish mumkin va kelasi haftadan boshlab Navoiy shahridagi «Ipak yo‘li» filialida sotuvlar boshlanadi.

Sotuvda og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo'lgan 999,9 probadagi sof oltin quymalari maxsus himoya qadoqlarida taklif etilmoqda. Ularning qadoqlari sertifikat bo‘lib xizmat qiladi va o‘z seriya raqamiga ega.

Quymalarni sotish va sotib olish narxlari oltinning jahondagi bahosi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki diskontga asoslanib, har kuni Markaziy Bank veb-saytida milliy valyutada e'lon qilinadi.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, oltin quymalarini to‘liq qadoqlangan holda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Tez orada Ipak Yo‘li Bankning boshqa filiallarida ham sotuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner