29 ноября 2021 г.
“Ipak Yo’li” banki MDH II Xalqaro moliya-bank forumida ishtirok etdi
26 noyabr kuni poytaxtdagi «HILTON Tashkent City» mehmonxonasida MDH ning II Xalqaro moliya-bank forumi bo’lib o’tdi. Tashkilotchilar - “SAIPRO GROUP” MChJ va MDH Moliya-bank kengashi, forumning bosh hamkori – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.
Forum doirasida xalqaro konferensiyalar, muhokamalar, turli chiqishlar o’tkazildi, shuningdek bank va kredit faoliyati, investitsiyalar yo’nalishi, sug’urta, qayta sug’urtalash, lizing yo’nalishlari bo’yicha taqdimotlar o’tkazildi.
Forumda hamkorlar, alohida tarmoqlar vakillari, moliyaviy bozorning turli sektorlari vakillari bilan muzokaralar, uchrashuvlar o’tkazildi va dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bank vakillari forumda bank mahsulotlarining taqdimotini o’tkazishdi, barcha mehmonlar uchun individual dizaynli kartalar emissiyasi jarayonini namoyish etishdi. Ko’rgazma davomida individual dizaynli 50 ga yaqin kartalar chiqarildi va qo’shimcha 300 ga yaqin buyurtma olindi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
