02 октября 2024 г.

Ipak Yo‘li Banki IFC bilan 42 million AQSH dollarigacha miqdorda kredit olish to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Jahon banki guruhining a’zosi va eng yirik global taraqqiyot instituti hisoblangan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan mazkur bitim O‘zbekistonda kichik biznes va ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Ushbu kelishuv doirasida ajratilgan mablag‘ning 25 % ayollar boshqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi, shuningdek, kichik va o‘rta korxonalarning rivojlanishiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashadi.

Yangi bitim 2018-yilda boshlangan IFC va Ipak Yo‘li Banki o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni yana bir bor tasdiqlaydi

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner