20 сентября 2023 г.

Ipak Yo'li Banki "Finnfund"dan 15 million AQSh dollari miqdorida kredit jalb qildi

Kichik va o'rta biznes korxonalarining moliyalashtirishga imkoniyatini oshirish maqsadida, Ipak Yo'li banki uzoq mutdatli mablag’larni jalb qilish uchun o’z hamkorlar ro’yxatini kengaytirmoqda. Finlyandiyaning "Finnfund" investitsion jamg’armasining 15 million dollarlik krediti bilan bank o'z faoliyatini mikro, kichik va o'rta korxonalar bilan rivojlantirishda davom etadi.

"Biz "Finnfund" bilan birinchi shartnomani imzolashdan juda xursandmiz. Biz O'zbekistonda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ishtirokini qo'llab-quvvatlash va oshirish, moliya olish imkoniyatlarini yaxshilash sohasida uzoq muddatli hamkorlikni kutmoqdamiz. Ushbu bitim bizga bank faoliyatining asosiy qismi bo'lgan inklyuziv xizmatlarni taqdim etadigan mamlakatda ko'plab kichik va o'rta korxonalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga imkon beradi" dedi Ipak Yo'li Banki Boshqaruv Raisi Saidabror Saidahmedov.

"Finnfund" kompaniyasining boshqaruvchi va bosh direktori Jaakko Kangasniemi esa quyidagicha bayonot berdi: "O'zbekistonda xususiy sektorni faqat o'rta va kichik bizneslar moliyaviy manbalarga kirish imkoniyatiga ega bo'lgandagina rivojlantirish mumkin. Ipak Yo'li banki kredit berishni ko'paytirish bo'yicha ulkan rejalarga ega va o'z xizmatlarini onlayn va oflayn rejimda rivojlantirishni yaxshi yo'lga qo'ygan va biz bu tadbirkorlarga o'z bizneslarini rivojlantirish uchun kerak bo'lgan eng muhim omil ekanligiga ishonchimiz komil".

"Finnfund" haqida

"Finnfund" Finlyandiyaning investitsion jamg’arma va rivojlantirish bo'yicha investoridir. Jamg’arma barqaror kelajakni quradi va global rivojlanish muammolarini hal qiladigan korxonalarga sarmoya kiritish orqali doimo ko'maklashadi. Har yili 20dan 30tagacha rivojlanayotgan mamlakatlarga 200-250 million yevro miqdorida sarmoya kiritishadi. Asosiy tarmoqlar qayta tiklanadigan energiya, barqaror o'rmon xo'jaligi, barqaror qishloq xo'jaligi, moliya institutlari va raqamli infratuzilma bo'yicha yechimlarni o'z ichiga oladi. Bugungi kunda "Finnfund" ning sarmoyalari, majburiyatlari va investitsiyasi jami 1,22 milliard yevroni tashkil etadi va ularning yarmi Afrikada mintaqasida. Kompaniyaning Xelsinki va Nayrobida joylashgan bo'limlarida 100 nafar xodimi bor. Batafsil ma'lumotlarni  https://www.finnfund.fi saytida olishingiz mumkin.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner