16 марта 2020 г.

“Ipak Yoʻli” Banki 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya eʼlon qiladi

Joriy yilda “Ipak Yoʻli” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki tashkil topganiga 30 yil toʻladi. Bank yubiley munosabati bilan 2020 yil 16 martdan 2020 yil 31 dekabrgacha maxsus taklif bilan chiqmoqda.

Unga koʻra:

- VISA Start / VISA Exchange kartalari Bank ofislarida komissiya xizmat haqisiz taqdim etiladi. Mijozlar oʻzlari uchun VISA Start / VISA Exchange kartalari ochishda hech qanday komission toʻlovlarni toʻlashmaydi.

- VISA Platinum Light / VISA Platinum Black / VISA Virtual kartalari bilan toʻlovlar uchun olinadigan komissiya xizmat haqi bekor qilinadi. Shu kundan boshlab VISA Platinum Light / VISA Platinum Black / VISA Virtual kartalari mavjud mijozlar komissiya xizmat haqisiz toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

Eslatma:

Endilikda mijoz VISA Start kartasini ochadigan bo'lsa, unga UNIONPAY Classic bepul taqdim etiladi; VISA Platinum Light, VISA Platinum Black kartalaridan birini ochsa esa bepul UNIONPAY Gold kartasi taqdim etiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner