13 сентября 2022 г.

Firibgarlardan ehtiyot bo’ling

Firibgarlar ishonuvchan fuqarolarni aldashning yanada murakkab usullarini o'ylab topishmoqda. Bankimiz nomidan firibgarlar saytga kirib 10%lik mikroqarzni telegram bot orqali rasmiylashtirishni taklif qilayotganiga duch kelganmisiz?

Ma’lum qilamizki, «Ipak Yo’li» banki bunday shartlar asosida telegram bot orqali mikroqarzlar taklif qilmaydi.  

«Ipak Yo’li» bankida onlayn mikroqarz 34,9% asosida faqat Ipak Yo'li Mobile ilovasi yoki saytimizdagi Kabinetda rasmiylashtiriladi hamda identifikatsiyadan o’tgan mijozlarga taqdim etiladi.   

Shuningdek, biz mijozlar kartalarining hech qanday ma’lumotlarini so’ramaymiz, negaki tasdiqlangan mikroqarz Hamyonga tushiriladi va undan mustaqil ravishda Ipak Yo’li Mobile yoki saytdagi Kabinet orqali istalgan kartaga o’tkazish mumkin. 

Faqat tekshirilgan manbalarga ishonish va bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’lishni so’raymiz. Bizning kredit mahsulotlarimiz haqida batafsil havolada, shuningdek, 1296 raqami orqali kunu-tun ishlaydigan Kontakt-markaziga murojaat qilish orqali tanishish mumkin. 

Ogoh bo’ling, hurmatli mijozlar!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner