Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kartalarni xavfsiz ishlatish qoidalari.

Kartangizdagi mablag'laringiz xavfsizligi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishingizni so'raymiz.

I. UMUMIY XAVFSIZLIK CHORALARI

  1. Kartani boshqa shaxslarga bermang. Karta faqat karta berilgan shaxs tomonidan ishlatilishi mumkin.
  2. Kartani xavfsiz joyda saqlang va ruxsat etilmagan shaxslarga karta yoki unga tegishli bo'lgan ma'lumotlardan (raqam, muddat, PIN kod, va boshqa) foydalanishga yo'l qo'ymang.
  3. Agar biron-bir shubhali vaziyat natijasida Sizning PIN-kodingiz yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlaringiz oshkor etilsa va ruxsatsiz shaxslarga ma'lum bo'lsa, kartani bloklash va almashtirish uchun bank bilan bog'laning.
  4. Kartangiz ma'lumotlarini (raqam, muddat, imzo chekkasidagi oxirgi uchta raqam) ochiq aloqa kanallari orqali, xususan, elektron pochta orqali taqdim etmaslikka harakat qiling. To'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotni taqdim etish (telefon yoki internet orqali, faks orqali mehmonxonani bron qilish uchun) kerak bo'lsa, mukammal obro'ga ega bo'lgan kompaniyalardan foydalanishga harakat qiling va ma'lumotlarni taqdim etishning eng xavfsiz usullaridan foydalaning (masalan, ma'lumotlarni zamonaviy xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanadigan Internet saytlari). Shuni yodda tutingki, PIN-kod masofaviy amaliyotlar uchun karta ma'lumotlariga kiritilmagan, shuning uchun PIN-kod haqida qanday bahonalar bilan talab qilinmasin ma'lumotlarni taqdim etmang.
  5. Phishing - bu firibgarlikni bir turi. Moliyaviy institutlar, internet savdogarlar yoki boshqa kompaniyalarning nomi ostida firibgarlar bo’lib, haqiqiy kompaniyalar resurslarini taqlid qiluvchi saytlarga aloqador elektron pochta orqali xatlar yuborilib, mijozlardan maxfiy ma'lumotlarni (parollar, to'lov karta ma'lumotlari, PIN-kod) kompaniya ma'lumotlar bazasida yangilash uchun so’rashadi. Bunday xabarlarga hech qachon javob qaytarmang, chunki bu ma'lumot keyinchalik firibgarlik maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
  6. Kartangiz bilan barcha operatsiyalarni faqat Sizning huzuringizda bajarishni talab qiling. To'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lsa ham, kartani ko'rinishidan yo'qotib qo'ymaslikka harakat qiling. Unutmangki, maxsus uskunalardan foydalanib kartangizdan ma'lumotlarni nusxa ko'chirilishi va soxta kartani ochish imkoniyati bor. Nimadurdan shubha qilsangiz kartangizni vaqtincha bloklang yoki almashtirish uchun bankka murojaat qiling.
  7. Chekga imzo qo'yishdan oldin, amaliyotning pul miqdori va valyutaning to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling.
  8. Agar chekda to’lov miqdori bo’sh bo’lsa unga imzo chekmang.
  9. To'lov kartasidan foydalanganda begona odamlardan maslahat yoki yordam qabul qilmang. Bu qoida ayniqsa bankomatlardan foydalanishda muhimdir.
  10. Oy davomida o'tkazilgan barcha bitimlarni kartochka orqali qilingan hisob-kitoblarini muntazam ravishda tekshirib yuring. Agar Siz xarid qilmagan mahsulot uchun sizni karta hisobingizdan to'lov qilinganligini ko’rib qolsangiz, darhol bankka murojaat qiling va barcha holatlar aniqlanmaguncha kartani vaqtincha bloklab qo'ying.
  11. Amaliyotni tasdiqlovchi hujjatlarni (cheklarning nusxalari) hech bo'lmaganda karta hisobvarag'ini tekshirmagunizcha oz’ngizda saqlab turing.
  12. Kartani kuchli elektromagnit nurlanish manbalariga yaqin joyda saqlamang (radio, mobil telefon, kompyuter monitori, video uskunalari, mikroto'lqinli pech va boshqalar), magnit kodlash mahsulotlarini ishlatadigan do'konlarda hisob-kitob qilayotganda ehtiyot bo'ling. Bularning barchasi kartaning magnit chizig'iga zarar yetkazishi mumkin.
  13. Naqd pulingizni qanday saqlasangiz huddi shunday kartangizni ehtiyotkorlik bilan saqlang.

II. BANKOMATLARDA KARTALARNI FOYDALANISH XAVFSIZLIK CHORALARI

  1. Sizga tanish bo'lgan bankomatlardan foydalanishga harakat qiling.
  2. Bankomatga yaqinlashmasdan oldin yon atrofga qarang. Shubhali odamlar yaqin bo'lsa, boshqa bankomatdan foydalaning.
  3. Bankomatdan foydalanishdan oldin uning ko'rinishini tekshiring. Agar biron-bir begona narsalar, simlar, dizayndagi o'zgarish izlari topilsa, boshqa bankomatdan foydalaning.
  4. Bankomatga kartani kiritish uchun jismoniy kuch ishlatmang.li>
  5. Agar bankomat yonida sizdan kegin navbat bo'lsa, PIN-kodni hech kim ko'rmasligiga ishonch hosil qiling.
  6. PIN kodni kiritayotganda Siz bankomatga imkon qadar yaqin turib, o'rta barmog'ingiz bilan PIN kodni kiriting (bunda, qo'lning kaftlari ochiq va jinoyatchiga qaysi tugmani bosganingizni ko'rish qiyin bo’ladi), iloji bo'lsa ikkinchi qo'l bilan klaviaturani yoping. PIN-kodni faqat bankomat Sizdan so'raganidan so’ng kiriting.
  7. Agar kartangiz tiqilib qolsa yoki amaliyot bilan bog'liq muammolarga duch kelsangiz ham, bankomat atrofida kimdir ayniqsa begona shaxslar Sizga yordam taklif etsa, ehtiyot bo'ling. PIN-kodni "yordamchi"ning ko’z oldida termang, o'zingizni chalg'itishga yo'l qo'ymang, chunki shu payt firibgarlar Sizning kartangizni yoki bankomatdan yechilgan naqd pulni olib qoyishlari mumkin. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, darhol bankka murojaat qiling va barcha holatlar aniqlanmaguncha kartani vaqtincha bloklab qo’ying.
  8. Sizning kartangiz bankomat tomonidan ushlangan taqdirda, karta albatta musodara qilinganligiga va bitimingiz tugashiga (bankomat boshqa mijozlarga xizmat ko'rsatishni davom ettirishi yoki yangi operatsiyani amalga oshirishga tayyorligi) ishonch hosil qiling. Aks holda, bankomatni tark etgandan so'ng, u kartani qaytarib berishi yoki Siz talab qilgan pulni chiqarishi mumkin, va uchinchi shaxslar ularni ishlatishlari mumkin.
  9. Pulni olgach, naqd pulni va kartani hamyonga, sumkangizga va boshqa narsalarga qo'yib, keyin bankomatdan uzoqlashing.
  10. PIN-kodni yodlab oling. Agar Siz PIN-kodni aniq matnga yozib qo’ysangiz, doim kimdir buni bilib qolish xavfi bo’ladi. Esda tuting, PIN-kodni ishlatish bilan bajarilgan amaliyotlarni javobgarligi har doim mijozning zimmasida bo’ladi.
  11. PIN-kodni kiritishda ehtiyot bo'ling. Agar Siz noto’g’ri PIN-kodni ketma-ket ikki martadan ortiq kiritsangiz, kartangiz bankomat tomondan olib qo’yiladi.
  12. Bankomat tomonidan chop etilgan barcha cheklarni saqlab qo’ying.

III. INTERNETDA KARTALARNI FOYDALANISH XAVFSIZLIK CHORALARI

  1. Bank nomidan Sizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni elektron pochta orqali talab qilinsa xatga javob bermang. Xatning haqiqiyligini bilish uchun Siz bilgan bank telefon raqamiga murojaat qiling.
  2. Hech qachon bunday xatlardagi havolalarga o’tmang (hatto bankning bosh sahifasiga o’tadigan bo’lsa ham) aslida ular soxta saytlarga olib kelishi mumkin.
  3. Internet-resurslar orqali kartangiz PIN kodini hech qachon oshkor qilmang.
  4. Faqat taniqli va ishonchli savdo kompaniyalari xizmatlaridan foydalaning.
  5. Internet tarmog’idan foydalanishdan oldin, nizo yoki savol bo'lsa, savdogar bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligiga, saytdagi manzillar (telefon raqamlar) to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling.
  6. Siz ulangan internet saytlarning manzillarini tekshiring, chunki firibgarlar Sizni soxta internet saytga yo'naltirish uchun mavjud kompaniyalar bosh sahifalarining manzillariga o'xshash nomlardan foydalanishlari mumkin.
  7. Shubhali Internet-resurslardan foydalanishdan o’zingizni saqlang; ko'pincha ular bank kartalari bo'yicha ma'lumot olish uchun va undan keyin noqonuniy foydalanish uchun maxsus yaratilgan bo’ladi.
  8. Agar internet saytga tashrif buyurganingizda shubha tug’ilgan bo'lsa yoki kartangiz ma'lumotlarini, shaxsiy ma'lumotingizni berishni xohlamasangiz, sahifani tark eting, shubhalaringizni bankka xabar qiling va boshqa joyda xarid qiling.
  9. Elektron pochtangizni nazorat qiling, noma'lum jo'natuvchilarning xabarlarini ochmang, shaxsiy ma'lumotlaringizni o'tkazmang. Agar Siz shaxsiy ma'lumotingizni ishonchli qabul qiluvchiga o'tkazishingiz kerak bo'lsa, kriptografik himoya vositalaridan foydalaning, chunki oddiy elektron pochta orqali jo’natilgan xabarlar uchinchi shaxslar tomonidan ushlanib Sizga zarar etkazish uchun ishlatilishi mumkin.
  10. Virusga qarshi dasturlarni kompyuteringizga o'rnating va foydalanadigan boshqa dasturiy ta'minotlari bilan muntazam yangilab turing (operatsion tizim va dasturiy ta'minot dasturlari) - bu viruslardan va boshqa zararli dasturlardan himoya qiladi.
  11. Kompyuteringizda ruxsatsiz kirishni oldini olishga yordam beradigan xavfsizlik devorini o'rnating (firewall).
  12. Xaridlarni faqatgina o’z kompyuteringizdan amalga oshiring, Internet-kafelardan foydalanmang chunki Siz kiritgan maxfiy ma'lumotlarni saqlaydigan josus-dasurlar o'rnatilgan bo’lishi mumkin.