Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Печать

Visa kartaga Zolotaya Korona pul o'tkazmalari

Pul o'tkazmalarini 24/7 tarzida uyda qabul qilish imkoniyati yaratildi

"Ipak Yo'li" banki o'z an'analariga sodiq qolgan holda O'zbekiston banklari orasida birinchilardan bo'lib «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasi orqali bevosita mijozning Visa kartasiga pul o'tkazmalarini amalga oshirish xizmatini ishga tushirdi.

Mazkur xizmat "Zolotaya Korona" to'lov tizimi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Endi O'zbekistonda yashovchi har bir kishi bankka bormasdan ham chet eldan «Zolotaya korona» pul o'tkazmalarini qabul qilib olishi mumkin. Kelgusida ushbu amaliyotni boshqa pul o'tkazish tizimlarida ham yo'lga qơyish rejalashtirilmoqda.

Pul o'tkazmasini jo'natuvchi shaxs FISh va qabul qiluvchining telefon raqamini kiritadi. Qabul qiluvchi bank mobil ilovasining «Boshqalari» («Прочее») bo'limida «Zolotaya Korona o'tkazmalari» («Переводы Золотая Корона»)ni bosadi. O'tkazmani qabul qilish uchun mijoz kerakli maydonlarni tơldiradi: FISh, o'zining bank kartasi rekvizitlari, CVC2/CVV2 kodi va kartaga o'tkaziladigan mablag'ni darhol qabul qilib oladi.

Pul o`tkazma Visa kartasiga tushirish namoyishi https://mover.uz/watch/ihxNyzEm/