Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Печать

“Ipak Yo‘li” banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda

“Ipak Yo‘li” banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda

2019-yilning uchinchi kvartalidan boshlab “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bank vakillarining xabar berishlaricha, hozirgi kunda kerakli texnik tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“2018-yilda biz to‘lov tizimida prinsipial, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni qo‘lga kiritdik. Hozirgi kunda ekvayringni Master Card standartlariga moslash jarayonini olib bormoqdamiz. Ekvayringni o‘zimizning terminal va bankomatlar tarmog‘ida uchinchi kvartalda ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, – deb ta’kidladi ulgurji biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Umid Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil noyabrida “Ipak Yo‘li” banki o‘zining keng bankomat tarmog‘ini yaratish bo‘yicha loyihaga qo‘l urgan edi. Hozirgi kunda ushbu bankomatlar Visa va Union Pay xalqaro kartalariga xizmat ko‘rsatishmoqda.

Bank mutasaddilarining fikricha, Master Card ekvayringini yo‘lga qo‘yilishi xalqaro kartalarga xizmat ko‘rsatish bozorini qamrab olishga imkon beradi, negaki O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 50% aynan shu tizimdagi kartalardan foydalanishadi.

Shu bilan birga “Ipak Yo‘li” banki Master Card kartalarini emissiya qilishni rejalashtirgan.

Ushbu loyiha 2019-yilning to‘rtinchi kvartalida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.