Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI 
78-140-69-00
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ISHONCH TELEFONI
78-140-78-33

«Ipak Yo’li» Banki O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi kredit turlarini taklif etadi:

Ta’lim krediti O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlarida kontrakt pulini to’lash uchun, O`zR milliy valyutasida beriladi.

Kredit bo`yicha foiz stavkasi O`zbekiston Respublikasining Markaziy Banki qayta moliyalashtirish stavkasiga teng.

Ta’lim kretidi qarz oluvchining yashash manzili bo`yicha beriladi.

Garov sifatida bank quyidagilarni ko`rib chiqadi:

  • Mol-mulk garovi
  • Bankning garovi
  • Uchinchi shaxsning kafilligi

Talabnomani ko`rib chiqish uchun zarur hujjatlar:

  1. Qarz oluvchi talabaning pasporti
  2. Yashash joyidan ma’lumotnoma
  3. STIR o`zlashtirilganligi haqida DSIdan ma’lumotnoma nusxasi
  4. O`zRning OO`Yu bilam tuzilgan o`qish uchun kontrakt (hisobvaraq-fakturasi bilan birga)
  5. Kredit ta’minlanganligini isbotlovchi hujjat.

Iste'mol kreditlari fuqarolarning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun milliy valyutada taqdim etiladi.

Kredit mablag`lari hisobidan quyidaglarni sotib olish yoku quyidagilar uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin:

  • Maishiy tovarlar (mebel, gilam, santexnika, pardalar va hok.);
  • Maishiy mahsulotlar (idishlar, suvinerlar, xrustal va hok.);
  • Maishiy texnika (telefon, komputer, televizor, gaz plitasi, konditsioner, duxovka va hok.);
  • Sog’lomlashtirish xizmatlari (da’volanish, stomatologik operatsiyalar va hok.);
  • Turistik chiptalar va sanatoriyalarga yo’llanmalarni sotib olish (chet el davlatlariga, mamlakat ichida barcha turdagi turistik chiptalar va sanatoriyalar uchun yo’llanmalarni sotib olish);
  • Qurilish mollari - (sement, shifer, bruschatka, gipsokarton, plastik va alyumin profillar, gips, alebastr, ohak, armatura, trubalar, kafel va hok.);
  • Tayyor qurilish mollari (darvoza, eshik va oyna romlari);
  • Kvartira va xususiy uy-joylarni ta’mirlash ishlari;
  • Uyda gaz, suv va elektr kommunikatsiya tarmoqlarini o’tkazish;
  • Avtotransport vositalarini ta’mirlash bo’yicha xizmatlar;
  • Zargarlik buyumlarini sotib olish;
  • Xorijiy davlatlarga safarlar uchun avia va temiryo’l chiptalarini sotib olish;
  • Kelin-kuyovlar, manekenlar uchun kiyimlarni va boshqa to’y marosimlari buyumlarini ijaraga olish;
  • O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa maqsadlar.

Kreditlash shartlari:

  • Muddati 3 yilgacha
  • Kredit summasi qarz oluvchining daromadiga va taqdim qilingan ta'minotga bog`liq
  • Foiz stavkasi: 26% dan 28% gacha, qarz oluvchining badal miqdoriga qarab
  • Qarz oluvchuning dastlabki badal puli 
  • Kredit berish komissiyasi – eng kam minimal oylik ish haqining 10 baravaridan kam bo'lmagan miqdorida.

Iste’mol krediti O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqrilgan iste’mol mahsulotlarini (xizmatlarini) sotadigan ishlab chiqaruvchining yoki tashkilotning hisob raqamiga pul o`tkazish yo`li orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy iste’mol krediti naqd pul ko`rinishida berilmaydi.

Garov sifatida bank quyidagilarni ko`rib chiqadi:

  • Mol-mulk garovi (avtotransport, odam turmaydigan fond)
  • Bankning garovi
  • Uchinchi shaxsning kafilligi.

Arizani ko`rib chiqish uchun zarur hujjatlar:

  1. Qarz oluvchining pasporti
  2. Qarz oluvchining daromadi haqida ma’lumotnoma
  3. Yashash joyidan ma’lumotnoma
  4. STIR o`zlashtirilganligi haqida DSIdan ma’lumotnoma nusxasi
  5. Mahsulot/xizmat sotib olish uchun shartnoma
  6. Kredit ta’minlanganligini isbotlovchi hujjat.

Kredit O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib olish uchun o’z faoliyat natijalari bo’yicha daromadga va doimiy ish joyiga ega bo’lgan, Toshkent shahrida va Bankning hududiy tuzilmalari mavjud bo’lgan viloyatda doimiy ro’yxatda turgan O’zbekiston Respublikasining voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolariga, qarzdor yoki uchinchi shaxsga tegishli bo’lgan avtomobilni garovga qo’yish sharti bilan taqdim etiladi. 

  Kredit O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, bittadan ortiq bo’lmagan yangi yengil avtomobilni sotib olish (birlamchi bozor) maqsadida taqdim etiladi;

Kreditlash shartlari
Kredit summasi Bitta qarzdorga 250 000 000 so'mdan oshmagan summa
Kredit muddati (oy) 36 oygacha
Yillik stavka
  • Boshlang'ich to'lovning 49 foizgacha bo'lgan qismi qarzdorning o'z shaxsiy mablag'lari hisobidan to'langanda - yillik stavka 25,5%;
  • Boshlang'ich to'lovning 50 foizdan ortiq bo'lgan qismi qarzdorning o'z shaxsiy mablag'lari hisobidan to'langanda - yillik stavka 24%.
Imtiyozli davr 3 oydan ortiq bo'lmagan davr
Asosiy qarzni so'ndirish Har oy teng transhlarda, muddatidan ilgari to'lash mumkin
Foizni so'ndirish Har oyda
Ta'minot
  • Transport vositasining garov shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar kredit summasining 125 foizidan kam bo'lmagan summaga kafillik shartnomasini rasmiylashtirish;
  • Transport vositasiga mulk huquqi olingandan so'ng kredit hisobidan sotib olingan transport vositasining garov shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtiriladi;
  • Likvidli mol-mulk (qarzdor yoki uchinchi shaxslar mulkida bo'lgan ko'chmas mulk va transport vositasi garovi, uchinchi shaxslar kafilligi.
Arizani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan hujjatlar
  • Qarzdorning pasporti;
  • Qarzdorning mehnat faoliyatidan olingan daromadlari to'g'risidagi ma'lumotnoma;
  • Yashash joyidan ma'lumotnoma;
  • STIR olinganligini tasdiqlovchi DSI ma'lumotnomasi;
  • Avtomobilning oldi-sotdi shartnomasi (tovarning muvofiqliq sertifikatini ilova qilgan holda)
  • Kredit qaytarilishining ta'minotini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

Overdraft — bankimizda tezlik bilan olishingiz mumkin bo'lgan yana bir kredit turi. U ish beruvchingizning kafilligi ostida 3 ta eng kam oylik ish haqidan ko'p bo'lmagan miqdorda beriladi. Overdraft yordamida istalgan to'lovlarni oylik kartangizdan to'lashingiz mumkin!  

Muhim tafsilotlar:

  • Overdraft 12 oyga beriladi, ana shu muddat davomida uni to'liq so'ndirish lozim;
  • Overdraftning maksimal miqdori barcha soliq to'lovlarini hisobga olganda 3 ta eng kam oylik ish haqini tashkil etadi;
  • Overdraft bo'yicha ustama ishlatilgan mablag'dan 26%ni tashkil etadi.

Muhim sharti: tashkilotingiz bankimiz xizmatlaridan foydalanayotgan bo'lishi kerak. Beriladigan kafillik shunda barcha xodimlar uchun amal qiladi.

 

Mikroqarzlar - "Ipak Yo'li" Bankning jismoniy shaxslarga mo'ljallangan yangi xizmat turi. Uning yordamida mijozlar istalgan maqsadlar uchun qarz olishi mumkin: tovar va xizmatlar uchun to'g'ridan-to'g'ri kartadan to'lovlar qilish, bankomatlarda naqd mablag' yechish yoki cheklanmagan miqdorda xorijiy valyutaga konvertasiya qilish mumkin!  

Mikroqarzning shartlari:

  • Bankning istalgan filialida 24 soat ichida beriladi;
  • Olish uchun faqat pasport, ariza, daromadlar haqida ma'lumotnoma va "Ipak Yo'li" Banki tomonidan chiqarilgan karta kerak bo'ladi;
  • Mikroqarzlar jismoniy shaxs kafilligi asosida beriladi (kafildan pasport va daromadlar haqida ma'lumotnoma kerak bo'ladi);
  • 24 oy muddatga beriladi;
  • Maksimal miqdori - eng kam oylik ish haqining 100 barobari;
  • Foiz stavkasi - yillik 30% (to'lovlar o'z vaqtida amalga oshirilgan taqdirda, mikroqarz olinayotgan muddat ichida foizlar bo'yicha xarajatlar mikroqarzning 15,2% foizidan oshmaydi).
  • Mikroqarzning maksimal miqdori mikroqarz oluvchisining daromadlar haqida ma'lumotnomasi va mavjud kredit majburiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi

Ipoteka krediti quyidagilar uchun beriladi:

  • Qonun bilan o`rnatilgan tartibda, qurish norma va qoidalar asosida yakka tartibdagi turarjoy va namunali loyihalar qurish va tiklash uchun;

  • Yakka tartibdagi turarjoy yoki ko`p qavatli uylarda turarjoy sotib olish uchun.

Kreditlash shartlari:

  • Kredit summasi va muddati qarz oluvchining daromatiga, qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning bozo narhiga, muayyan loyiha boyicha kredit riskiga bog`liq.

  • Kredit foizi: Bankning kredit komitetining qaroriga asosan
  • Qarz oluvchining dastlabki badal puli: qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning 25% dan 50% gacha

  • Kredit summasi qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning 75% dan oshmasligi kerak;
  • Kredit ta’minoti: qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning o`zi garovga qo`yiladi.

Ipoteka kreditlari O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi