Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
140 69 00, 120 00 09
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
140 78 33

“Ipak Yuli Mobile” mobil dasturi – mobil aloqa vositalari uchun xizmat dasturi bo'lib, u mobil aloqa orqali “Shaxsiy kabinet” tizimi foydalanuvchilariga masofadan bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan.

Taqdim etilayotgan xizmatning afzalliklari:

  1. Masofadan bank xizmati – mijozning «Ipak Yo’li» AITBning istalgan filialida ochilgan barcha hisob raqamlari: karta, omonat va kredit bo'yicha hisobraqamlarini ko’zdan kechirish imkoniyatidir.
  2. «Ipak Yo’li» AITBning istalgan filialida ochilgan mijozning barcha hisob raqamlaridan elektron ko’chirma olish.
  3. UzCard onlayn kartalari orqali 24/7 rejimida kommunal xizmatlari bo'yicha masofadan to’lovlarni amalga oshirish.
  4. Kommunal xizmatlarga to’lovlar to’langanligi to’g'risida elektron kvitansiyalar olish.
  5. Kommunal xizmatlari etkazib beruvchilarga takroriy to’lovlarni amalga oshirishda shablonlardan foydalanish.
  6. Bank tizimi ichida plastik kartadan boshqa plastik kartaga pul o'tkazish.

Agarda Siz “Ipak Yo'li” AITBning “Shaxsiy kabinet” tizimi foydalanuvchisi bo'lsangiz, Siz “Ipak Yuli Mobile” mobil dasturining Beta versiyasini bu erdan yoki (Sizning mobil qurilmangiz operasion tizimidan kelib chiqib PlayMarket yoki AppStore) marketdan yuklab olishingiz kifoya bo’lib, “Shaxsiy kabinet” tizimida ro'yxatdan o'tgan shaxsiy login va paroldan foydalanishingiz mumkin.

Agar Sizda hali Shaxsiy kabinet bo'lmasa, lekin “Ipak Yuli Mobile” mobil dasturiga ulanmoqchi bo'lsangiz, u holda Sizning UzCard to'lov tizimidagi asosiy plastik kartangiz chiqarilgan Bank filialiga shaxsan murojaat qilishingiz va pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishingiz zarur.

“Ipak Yuli Mobile” mobil dasturi bo'yicha foydalanuvchilarga qo'llanma bilan bu erda tanishishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet” tizimidan foydalangan holda jismoniy shaxslarga masofadan bank xizmatlari ko'rsatish qoidalari bilan bu erdatanishishingiz mumkin.